Vazirlikda milliy qadriyatlar va umumxalq bayramlarini targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun faol xodimlar taqdirlandi
2026-06-01 11:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasida bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va madaniy merosni keng targ‘ib etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar doirasida vazirlik tizimida xodimlarning ijodiy faolligini oshirish, ularning madaniy-ma’rifiy hayotdagi ishtirokini rag‘batlantirish hamda umumxalq bayramlarining mazmun-mohiyatini keng yoritishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bayramlarning tarixiy, madaniy va tarbiyaviy ahamiyatini aks ettirishga qaratilgan ijodiy ishlari, media mahsulotlari va tashabbuslari bilan faol ishtirok etgan xodimlar e’tirof etilib, vazirlik rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
Ta’kidlanganidek, umumxalq bayramlari xalqimizning boy madaniy merosi, milliy o‘zligi va ma’naviy qadriyatlarini namoyon etuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ularning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ayniqsa zamonaviy media vositalari orqali targ‘ib qilish jamiyatda milliy qadriyatlarga hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida mazkur yo‘nalishdagi ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, xodimlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy ahamiyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi qayd etildi.
