Uzum V Toshkent xalqaro investitsiya forumining hamkoriga aylandi
2026-05-22 11:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston bugungi kunda nafaqat mintaqadagi, balki dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlardan biri bo‘lib, bunda raqamli servislarning rivojlanishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Elektron tijorat allaqachon mamlakat chakana savdosining qariyb 5 foizini tashkil etadi va 2027-yilga kelib bu ko‘rsatkich 9-11 foizgacha o‘sishi mumkin. KPMG prognozlariga ko‘ra, internet kirib borishining o‘sishi, logistikaning rivojlanishi va raqamli moliyaviy xizmatlarning faol ommalashuvi tufayli bozor hajmi 2,2 milliard dollarga yetadi.
Aynan ushbu yo‘nalishlar — e-commerce, fintech va bank xizmatlarini — V Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF) hamkori bo‘lgan Uzum milliy raqamli ekotizimi o'z ichiga olgan.
So‘nggi yillarda Uzum mamlakatdagi eng yirik texnologik loyihalardan biriga aylandi. Bugungi kunda Uzum servislaridan har oyda 20 milliondan ortiq kishi foydalanmoqda. Ekotizim marketpleys, tezkor yetkazib berish servisi, bank va fintech mahsulotlari, shuningdek, o‘z logistika infratuzilmasini birlashtiradi.
Ekotizim mamlakat tarixidagi birinchi IT "yakkashox"ga aylandi, bugungi kunda Uzumning baholash ko‘rsatkichi 2,3 milliard dollarni tashkil etadi. Uzum investorlari orasida Xitoyning Tencent kompaniyasi, Amerikaning VR Capital kompaniyasi, Ummon suveren fondi va FinSight Ventures venchur fondi bor. Ekotizimni rivojlantirishga jami 300 million dollardan ortiq xalqaro investitsiyalar jalb etildi, bu esa global kapitalning mamlakat raqamli salohiyatiga bo‘lgan ishonchining eng yirik namunalaridan biriga aylandi.
Uzum'ning forumdagi ishtiroki zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro investitsiyalarni jalb qilish va yangi o‘sish nuqtalarini yaratishga qaratilgan umumiy yo‘nalishni aks ettiradi.
— Toshkent xalqaro investitsiya forumining hamkori bo‘lish va O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyatini namoyish etish biz uchun katta sharaf. Biz xalqaro hamkorlarning mamlakatga, uning iqtisodiyoti va texnologik sektoriga bo‘lgan katta qiziqishini ko‘rmoqdamiz va Toshkentda butun dunyodan investorlar va biznes vakillarini kutib olish imkoniyatidan mamnunmiz, — dedi Uzum asoschisi va bosh direktori Djasur Djumayev.
An’anaga ko‘ra, forum xalqaro moliya institutlari, yirik kompaniyalar, investitsiya fondlari va butun dunyodan davlat tashkilotlari vakillarini birlashtiradi.
