SILK ROAD NIGHT RUN powered by TIIF
2026-04-13 15:35:00 / Yangiliklar

Qadimiy savdo yo‘llari va zamonaviy maqsadlar tutashgan manzilda - oqshomgi yugurishda
2026-yil 16-iyun - 20:00 - «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, Toshkent - 3-10 km - Barcha uchun ochiq
Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF 2026) tashkilotchilari forumning ochilish kuni - 16-iyun kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 3-10 kilometr masofaga mo‘ljallangan Silk Road Night Run powered by TIIF oqshomgi yugurish musobaqasi o‘tkazilishini e'lon qiladi.
Buyuk Ipak yo‘li insoniyat tarixidagi davlatlararo savdo-sotiqning eng uzoq muddatli va muvaffaqiyatli tarixga ega. Ikki ming yil davomida u O‘rta yer dengizidan Tinch okeanigacha bo‘lgan makonda ishlab chiqaruvchiyu iste’molchini, sarmoyadorlarni, turli g‘oyalaru bozorlarni yagona tarmoqqa birlashtirdi. O‘sha davr savdogarlari zamonaviy moliya ilmi asrlar o‘tibgina tasdiqlagan haqiqatni avvaldan anglashgan: sarmoyani turli manzillarga taqsimlash xatarni kamaytirib, foydani oshiradi.
Musobaqaga soat 20:00 da - quyosh Toshkent uzra botib, atrofga sokinlik cho‘kkan pallada start beriladi. Forum delegatlari, xalqaro hamkorlar, davlat idoralari vakillari hamda poytaxtimiz aholisidan iborat ishtirokchilar «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining fusunkor hududi bo‘ylab yuguradilar. Mazkur tadbir jismoniy tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, barcha uchun ochiqdir.
«Silk Road Night Run» - forum dasturidan o‘rin olgan hamda sport va netvorkingni o‘zida mujassam etgan «TIIF Active Series» turkumidagi ikkinchi yirik loyihadir. Bunday tadbirlar bugungi kunda dunyoning yetakchi muloqot maydonlarida ommalashib bormoqda, zero eng mustahkam va samarali aloqalar ko‘pincha rasmiy anjumanlar zalidan tashqarida - samimiy hamda qulay muhitda o‘rnatiladi.
Hamkorlik va homiylik
Hamkorlik o‘rnatish, homiylik masalalari va tadbirda ishtirok etish bo‘yicha a.shamatov@miit.uz, www.tiif.uzga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
