TAKOMILLASHGAN “OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI: ASOSIY OʻZGARISHLAR VA USTUVOR YOʻNALISHLAR
🎙“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorovning “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov bilan suhbati “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi hamda Yuz.uz saytida eʼlon qilindi.
🔺Unda yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, uni takomillashtirish zarurati, jamoatchilik muhokamalari natijalari va kelgusi yillarda mamlakat taraqqiyotiga taʼsir etuvchi asosiy yoʻnalishlar haqida atroflicha fikr yuritilgan. Shuningdek, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish, raqamli davlat xizmatlarini kengaytirish kabi muhim vazifalarga alohida eʼtibor qaratilgan.
✍️Mazkur suhbat bilan bu yerda batafsil tanishing!
