“Westbridge xususiy bandlik agentligi" MCHJning faoliyati tugatildi!
2025-10-25 11:35:00 / Yangiliklar

“Westbridge xususiy bandlik agentligi"ga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2025-yil 10-sentyabrda berilgan 1035407-sonli litsenziya ushbu xususiy bandlik agentligining 2025-yil 21-oktyabrdagi 1901564-sonli arizasiga asosan tugatildi.
❗️ “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ushbu MCHJga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish ta’qiqlanadi.
📌 Hurmatli fuqarolar!
Agar "Westbridge" bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlaringiz bo‘lsa, ularni joriy yil 13-noyabrga qadar Migratsiya agentligiga taqdim etishingizni so‘raymiz.
☎️ Murojaat uchun: 71 202 33 55 (qisqa raqam 711)
👉 So‘nggi yangiliklardan @uzmigration kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
