Poytaxtimizda “O‘zbekiston – Rossiya mehnat bozorini barpo etish” forumi bo‘lib o‘tdi
2025-10-03 10:45:00 / Yangiliklar

📊 Joriy yil boshidan buyon 400 mingdan ortiq Rossiya Federatsiyasi fuqarosi O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 4 mingdan ziyodiga rasmiy ishlash huquqi berilgan. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarning dolzarbligidan dalolatdir.
Forum doirasida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Rossiya Federatsiyasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ish faoliyati davomida erkin harakatlanishi, shuningdek, ishlash ruxsatnomalarini olishdagi murakkab jarayonlarni soddalashtirish masalalarini alohida ta’kidladi.
Tafsilotlar bilan lavhada to‘liq tanishing
