Buyuk Britaniyada ishlash uchun onlayn-ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi!
2025-09-11 10:45:00 / E’lonlar

Ish sharoitlari:
💷 Maosh: 12,21 funt/soat (bugungi kunda 16,55$)
🕐 Haftaning kamida 32 soati ish
📑 Viza: 319 funt
✈️ Avia chipta narxi – valyuta kursi va xarid vaqtiga qarab belgilanadi.
👩🌾 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
✔️ 18 yoshdan kattalar
✔️ Rus tilini yaxshi biladiganlar
✔️ Jismoniy va ruhiy holati yaxshi bo‘lganlar
✔️ Ayollar arizasi qo‘llab-quvvatlanadi.
Tanlov bosqichlari:
1-bosqich. Onlayn-ro‘yxatdan o‘tish
📅 Onlayn-ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 15-sentyabr soat 13:30 da boshlanib, 21-sentyabr soat 22:00 da yakunlanadi (Toshkent vaqti bilan).
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi ushbu saytda va bizning kanalimizda e’lon qilinadi
❓ Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun nimalar kerak
Nomzodning amaldagi xorijga chiqish pasporti
Gmail elektron pochta manzili (pasportdagi ism va familiya to‘liq ko‘rsatilishi lozim)
⚠️ Muhim: Onlayn-ro‘yxatdan o‘tish keyingi bosqichlarda ishtirok etishni kafolatlamaydi – bu faqat sizning qiziqishingizni tasdiqlaydi.
2-bosqich. Onlayn-test
📅 2025-yil 1–2 oktabr kunlari o‘tkaziladi.
👉 HOPS taxminan 5 000 nomzodni onlayn-testga taklif qiladi. Instruksiyalar ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan elektron pochtaga yuboriladi.
❌ Testga taklifnoma olmagan arizachilar birinchi bosqichdan o‘tolmagan hisoblanadi.
3-bosqich. Oflayn suhbat
📍 HOPS bosh ofis vakillari ishtirokida
👉 HOPS taxminan 1 000 nomzodni oflayn suhbatga taklif qiladi
❌ Onlayn-testdan so‘ng oflayn suhbatga taklifnoma olmaganlar ikkinchi bosqichdan o‘tolmagan hisoblanadi.
🛑 Diqqat qiling: ⚠️ Muhim!
Tanlov jarayonini to‘liq HOPS amalga oshiradi.
Mavsumiy ishchilar dasturi doirasida ishga joylashtirish mutlaqo bepul.
❌ Firibgarlar va pul evaziga ish taklif etayotgan shaxslar, konsalting firmalardan ehtiyot bo‘ling!
❗️ Agar kimdir ularga pul to’lagani aniqlansa,suhbatga taklif etilmaydi.
📌 Barcha rasmiy ma’lumotlar faqat ushbu kanalda berib boriladi.
🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
