Turkiyaning deportatsiya markazlarida bo‘lib turgan 50 nafar o‘zbekistonlik ayollar vatanga qaytarildi.
2025-07-01 15:40:00 / Yangiliklar

Erishilgan muhim natijalar:
▪️Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan hamyurtlarimizni ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash va ishlash ruxsatnomalarini berish (legallashtirish) taklifi Turkiya rasmiylari tomonidan ma’qullandi;
▪️Qariyalar va bolalarni parvarishlash, qishloq xo‘jaligi sohalarida noqonuniy faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizga huquqiy maqom berishga kelishildi;
✈️ Turkiya deportatsiya markazlaridagi 50 nafar ayollarimizga vatanga qaytish uchun Migratsiya jamg‘armasi hisobidan aviachiptalar xarid qilindi;
▪️28 nafariga “vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, repatriatsiya jarayoni boshlandi;
▪️O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida “Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi yangi bitim ishlab chiqishga kelishildi.
📌 Barcha fuqarolarimizni qonuniy ishlashga chaqiramiz. Bizni kuzatib boring navbatdagi postlarimizda Turkiyada nolegal maqomda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini legallashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtiramiz!
