Polşalik ekspertlar bilan mehnat bozori va tartibli işga joylaştiriş istiqbollari muhokama qilindi
2026-11-23 19:30:00 / Yangiliklar

2026-yil 23-noyabr kuni Migratsiya agentligi direktori örinbosari Elyor Toştemirov Polşaning Şarqiy tadqiqotlar markazi (OSW) vakillari bilan uçraşdi. Muloqotda xalqaro mehnat migratsiyasidagi özgarishlar, Özbekiston fuqarolarini Polşa va boşqa Yevropa mamlakatlarida tartibli işga joylaştiriş istiqbollari, malakali mutaxassislar tayyorlaş hamda xorijda yurtdoşlarimizning mehnat huquqlarini himoya qiliş masalalari muhokama qilindi.
OSW vakillari markaz 1991-yildan buyon Özbekiston va Markaziy Osiyoni örganib kelayotgani, Özbekistonning Varşavadagi elçixonasi bilan muloqot olib borayotgani hamda migratsiya mavzusida ekspert uçraşuvlari va brifinglar ötkazişini ta’kidladi. Polşalik ekspertlar yurtdoşlarimiz işlayotgan mamlakatlar doirasi qanday özgarayotgani va bunda Yevropa, xususan, Polşa mehnat bozorining örniga qiziqiş bildirdi.
Elyor Toştemirov Özbekistonda xorijiy iş beruvçilarning aniq ehtiyojlariga asoslangan tartibli işga joylaştiriş tizimi izçil rivojlantirilayotganini qayd etdi. Bugungi kunda 40 dan ortiq mamlakat bilan hamkorlik olib borilmoqda, 27 davlat bilan esa hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar mavjud. Soğliqni saqlaş, logistika, quriliş, payvandlaş va boşqa texnik kasblar mutaxassis tayyorlaşning ustuvor yönalişlari sifatida tilga olindi.
Polşalik ekspertlarning aytişiça, iş beruvçilar özbekistonlik mutaxassislarning kasbiy mahorati va yangi iş muhitiga moslaşa oliş qobiliyatini ijobiy baholamoqda. Ekspertlar Polşadagi demografik özgarishlar va mehnat bozoridagi ehtiyojlarni hisobga olib, Özbekistonning malakali mutaxassislarni jalb etiş böyiça hamkor sifatidagi örni ortib borişi mumkinligini ta’kidladi.
Polşa bilan tizimli hamkorlikni yölga qöyiş uçun iş beruvçilardan zarur mutaxassisliklar, kasbiy malaka, til talablari va mehnat şaroitlari körsatilgan tasdiqlangan buyurtmalarni oliş muhimligi qayd etildi. Şu munosabat bilan xorijiy kompaniyalar uçun hamşiralik, muhandislik va texnik kasblar böyiça mutaxassislar tayyorlaş tajribasi hamda INTIL markazining til va kasbiy tayyorgarlik dasturlari haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar fuqarolarni safardan oldin tayyorlaş, xorijda ularga huquqiy yordam körsatiş va Vatanga qaytgandan söng mehnat bozoriga qayta moslaşişini qöllab-quvvatlaş masalalarini ham körib çiqdi. Polşada işlayotgan Özbekiston fuqarolari soni böyiça mavjud baholardagi tafovutlar qayd etilib, mehnat mobilligi ma’lumotlarini örganishda ekspertlar hamkorligini rivojlantiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.


