RASMIY MUNOSABAT
2026-11-23 15:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan kelib tuşgan rasmiy ma’lumotga köra, 22-noyabr kuni soat 20:37 da Qirğiz Respublikasining Jalolobod viloyati Manas şahriga qaraşli Intimoq qişloğida qurilişi tugallanmagan kafeda yonğin sodir bölgan.
Yonğin oqibatida ikki nafar Özbekiston fuqarosi vafot etgan. Yana bir yurtdoşimiz oğir jarohat bilan şifoxonaga yotqizilgan. Dastlabki taxminga köra, yonğin payvandlaş işlari vaqtida kelib çiqqan bölişi mumkin.
Holat Özbekistonning Boş konsulxonasi va Qirğiz Respublikasining vakolatli idoralari tomonidan nazoratga olingan. Mahalliy organlar bilan aloqa örnatilgan.
Migratsiya agentligi sud-tibbiy ekspertizasi yakunlanganidan söng marhumlarning jasadlarini Özbekistonga olib keliş uçun zarur çoralarni körmoqda.
Migratsiya agentligi marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi, jarohatlangan yurtdoşimizga tezroq soğayib ketişini tilaydi.
