Davlat bayroği — Özbekiston mustaqilligi, milliy birlik va ğurur timsoli
2026-11-18 09:00:00 / Bayramlar
Davlat bayroği xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilişlari va mustaqil taraqqiyot yö‘lini özida mujassam etadi. Undagi moviy rang musaffo osmon va hayot manbaini, oq rang tinçlik, poklik va ezgu niyatlarni, yaşil rang esa tabiat, yangilaniş hamda farovonlikni ifodalaydi. Uşbu ranglar xalqimizning asriy qadriyatlari va kelajakka bölgan işonçini aks ettiradi.
Bugun Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan davlat siyosatining markazida inson qadri, tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş kabi ustuvor maqsadlar turibdi. Milliy bayroğimiz ana şu ezgu intilişlar, mustaqil davlatchiligimiz va xalqimiz birdamligining yorqin ifodasi sifatida xalqaro maydonda hilpiramoqda.
Ayniqsa, xorijda yaşab, mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz uçun Davlat bayroği Vatan bilan boğlab turuvçi ma’naviy rişta, milliy özlik va daxldorlik ramzidir. Dunyoning qaysi mamlakatida bölmasin, milliy bayroğimizni körish ularga ona yurtga mansublik tuyg‘usini, öz davlati va xalqiga bölgan iftixorni eslatadi.
Şu ma’noda, Özbekistonning xorijdagi fuqarolarini qöllab-quvvatlaş, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş, xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini ta’minlaşga qaratilgan davlat siyosati ham yurtdoşlarimizning Vatan bilan aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
35 yil davomida mustaqilligimizning yorqin ramzi bölgan Davlat bayroğimiz bugun ham xalqimizni yagona maqsad — tinç, farovon va taraqqiy etgan Özbekistonni barpo etiş yö‘lida birlaştirib turibdi.
Zero, bayroğimiz qayerda hilpiramasin, unda xalqimizning şani, mustaqil davlatimizning ğururi va Vatanimizning kelajagiga bölgan işonç mujassam.
