Aviatsiya va dron texnologiyalari böyiça kadrlar tayyorlaşga kelişildi
2026-11-06 10:45:00 / Yangiliklar

Hujjatga köra, Özbekistonda havo kemalariga texnik xizmat körsatish va ularni ta’mirlaş, dron texnologiyalari, sun’iy intellekt, dasturiy ta’minot va logistika böyiça kasbiy öquv dasturlarini taşkil etiş közda tutilgan.
İştirokçilarga koreys tili hamda mehnat xavfsizligi böyiça ham ta’lim beriladi.
Migratsiya agentligi yurtdoşlarimizni dasturlar haqida xabardor qiladi, nomzodlarga ariza topşiriş tartibini tuşuntiradi va ikki mamlakatdagi tegishli taşkilotlar bilan hamkorlikni muvofiqlaş tiradi.
Hanseo universiteti öquv dasturlarini işlab çiqadi, malakali öqituvçilarni jalb etadi va maşğulotlar uçun zarur jihozlarni taqdim etadi. Öquvni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga universitet öz hamkor korxona va taşkilotlarida işga joylaşişda kömaklaşadi.
Hamkorlikdan maqsad — yurtdoşlarimizni istiqbolli sohalarda kasbga tayyorlaş va xorijda öz mutaxassisligi böyiça işlaş imkoniyatlarini kengaytirish.






