RASMIY MUNOSABAT
2026-11-02 19:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston fuqarosining xorijda mehnat huquqlari buzilgani va mas’ul idoralardan yetarli yordam olmagani haqidagi oçiq murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Migratsiya agentligi mas’ullari 2026-yil 24-sentyabrdan buyon fuqaro bilan muloqotda bölib, uning murojaati va taqdim etgan hujjatlari asosida tegişli işlarni olib bormoqda. Murojaatlari yuzasidan fuqaroga ikki marotaba yozma javob berilgan.
Fuqaro hozirda Polşada ekanini bildirgan bölsa-da, Agentlikka taqdim etilgan hujjatlardagi mehnat munosabatlari Latviyada röyxatdan ötgan iş beruvçilar bilan boğliq. Şu sababli, masalani vakolatli organ orqali örganiş maqsadida 2026-yil 14-oktyabrda Agentlik tomonidan Latviya Davlat mehnat inspeksiyasiga 02-19-1/8908-son rasmiy xat rasmiylaştirilgan.
Xatda fuqaro işlagan törtta kompaniyadagi mehnat munosabatlarini örganiş, iş haqi va yakuniy hisob-kitoblar, foydalanilmagan mehnat ta’tili uçun kompensatsiya, qöşimça iş soatlari haqi hamda iş haqidan uşlab qolingan mablağlarning asosliligini tekşiriş söralgan. Şuningdek, mehnat şartnomalarining turli tillardagi nusxalari örtasidagi tafovutlarga huquqiy baho beriş masalasi ham kötarilgan.
Inspeksiyadan aniqlangan qonunbuzilişlar böyiça öz vakolati doirasida çora köriş, fuqaroga tölanişi lozimligi tasdiqlangan mablağlarni undirişga kömaklaşiş va örganiş natijalari haqida Agentlikka ma’lumot beriş söralgan.
Fuqaroning e’tirozlari va yordam sörab qilgan murojaatiga jiddiy qaraymiz. Ayni paytda, amalga oşirilgan işlar masala Agentlik tomonidan e’tiborsiz qoldirilmaganini körsatadi. Biroq rasmiy xat rasmiylaştirilgani masala töliq hal etilganini anglatmaydi — tölovlar va iş beruvçilarning majburiyatlari vakolatli organ tomonidan örganilib, tasdiqlanişi lozim.
Agentlik fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan işlarni öz vakolati doirasida davom ettiradi.



