O‘zbekiston global mehnat bozorining faol ishtirokchisiga aylanmoqda.
2026-11-02 13:40:00 / Yangiliklar

– Biz bu yo‘nalishda ham ochiqlik siyosatimizni davom ettiramiz. Ayni paytda ushbu masalada tartib-intizom bo‘lishi kerak,
– dedi Prezidentimiz.
Uzoq muddat yashayotgan xorijlik fuqarolardan 36 ming nafari ishlashga ruxsatnoma olgan, yana 24 ming nafari talaba. Davlatimiz rahbari qolganlar nima ish bilan shug‘ullanayotgani va daromad manbalari haqida aniq ma’lumot bo‘lishi shartligini ta’kidladi.
Ishlashga ruxsat olganlarning 80 foizi qurilish, qurilish materiallari, to‘qimachilik va xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqori malaka talab qilmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. O‘z mehnat bozorini himoya qilish rivojlangan davlatlarda ham keng tarqalgan amaliyotdir. Prezidentimiz yangi ish o‘rinlariga birinchi navbatda o‘zimizning fuqarolarni joylashtirish zarurligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga uzoq muddatga kelgan xorijlik fuqarolarning yashash va ish joyini monitoring qilish platformasini bir oyda ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilish davomida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilindi, hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
