Xotin-qizlar murojaatlari: muammolarga amaliy yechimlar
2026-10-28 14:20:00 / Yangiliklar

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida xorijda mehnat qilayotgan va mamlakatimizda ishsiz bo‘lgan xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot 13 ta hududiy va xorijiy studiya orqali tashkil etildi. Unda farzandlari bilan Vatanga qaytishga ko‘maklashish, xorijda mehnat qilish davrida kasallikka chalingan ayollarning davolanish xarajatlarini qoplash, mehnat munosabatlariga oid masalalarda advokat yollash hamda moddiy yordam ajratish kabi qator murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.
🔗 Xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarimizga Migratsiya agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan yordam turlari bilan quyidagi havola orqali tanishing 👇









