25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
2026-10-25 17:15:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi yurtimiz osoyishtaligi, fuqarolar xavfsizligi va qonuniylikni ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlari hamda soha faxriylarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi!
Hamyurtlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, odam savdosining oldini olish hamda xavfsiz va qonuniy mehnat migratsiyasini ta’minlashdagi hamkorligingizni yuksak qadrlaymiz.
Mas’uliyatli va sharafli xizmatingizda kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘liq, oilalaringizga tinchlik va farovonlik tilaymiz.
El osoyishtaligi yo‘lidagi xizmatingiz doimo qadrlansin!
