850 MING DOLLAR — YURTDOSHLARIMIZ FOYDASIGA UNDIRIB BERILDI
2026-10-22 15:25:00 / Yangiliklar

2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomida Migratsiya agentligi tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning ish haqi, hujjatlari va mehnat faoliyati bilan bog‘liq minglab muammolariga aniq yechimlar berildi.
Ish haqi va kompensatsiyalar bo‘yicha:
— 817 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi;
— jami 850 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ xorijiy ish beruvchilardan yurtdoshlarimiz foydasiga undirib berildi.
Davlatlar kesimida:
Rossiya Federatsiyasida — 533 ta holat;
Turkiyada — 155 ta holat;
Koreyada — 92 ta holat;
Boshqa davlatlarda — 37 ta holat.
532 nafar yurtdoshimizning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari vositachilar va xorijiy ish beruvchilardan qaytarib olib berildi.
Davlatlar kesimida:
Rossiya Federatsiyasida — 331 ta holat;
Turkiyada — 185 ta holat;
Qozog‘istonda — 11 ta holat;
Koreyada — 5 ta holat.
🆘 Xorijda ishlash davrida qiyin vaziyatga tushib qoldingizmi? Muammo bilan yolg‘iz qolmang!
📞 1282
📱 @huquqiy_yordam_uzbot — murojaatlar uchun 24/7.
