Xorijda ishlashga tayyorgarlik tizimi o‘zgaradi: IOM bilan yangi vazifalar belgilandi
2026-10-19 17:00:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi direktori Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) vakili Endryu Grey bilan uchrashdi.
Muzokaralarda asosiy e’tibor yangi tadbirlar o‘tkazishga emas, balki mavjud hamkorlikni fuqarolar uchun aniq natija beradigan tizimga aylantirishga qaratildi.
🔹2027-yildan yangi yondashuv. Xorijiy ish beruvchilar talabiga muvofiq, fuqarolarni 3–6 oy davomida til va kasbga maqsadli tayyorlash hamda malakali kadrlarni xorijga yo‘naltirish ko‘lamini oshirish rejalashtirilmoqda.
🔹Shvetsiya yo‘nalishida amaliy qadam. Ikki davlat o‘rtasidagi kelishuv asosida mehnat mobilligining pilot mexanizmini ishlab chiqish, ishlash ruxsatnomalari va kadrlarga ehtiyojni aniqlash tizimini o‘rganish belgilandi.
🔹Xorijga ketishdan oldin kompleks tayyorgarlik. Fuqarolarga til va kasb o‘rgatish bilan birga, mehnat huquqlari, moliyaviy savodxonlik, mehnat shartnomasi va ish sharoitlarini tushunish, onlayn firibgarlik hamda kiberxavflardan himoyalanish bo‘yicha ta’lim va amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bu jarayonda INTIL markazi asosiy o‘quv maydonlaridan biri bo‘ladi.
Endryu Grey xorijiy davlatlar va ish beruvchilarning О‘zbekistonlik mutaxassislarga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi.
Uchrashuvning asosiy xulosasi: hamkorlik samarasi o‘tkazilgan tadbirlar soni bilan emas, fuqarolar hayotidagi amaliy natijalar bilan baholanadi.


