Sloveniyada ishlash sari: yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-10-15 19:00:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi direktorining o‘rinbosari Elyor Toshtemirov Sloveniyada ishlash istagidagi yoshlar bilan uchrashdi.
Muloqotda qonuniy ishga joylashish bosqichlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Ishni rasmiy manbalar orqali tanlash, mehnat shartlarini oldindan o‘rganish va xorijga puxta tayyorgarlik bilan yo‘l olish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, xorijda bo‘lib turgan yurtdoshlarimizga ko‘rsatiladigan huquqiy, ijtimoiy va boshqa yordam turlari, murakkab vaziyatlarda murojaat qilish tartibi hamda Agentlikning qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tushuntirildi.
Maqsad — yoshlarni munosib ishga tayyorlash, xorijda ham o‘z huquqlari va yordam olish imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishini ta’minlash.
