100 nafar hamyurtimiz — 100 ta yangi imkoniyat!
2026-10-13 14:30:00 / Yangiliklar
Yaqinlarining ezgu tilaklari, hayajon va katta umidlar bilan yana 100 nafar hamyurtimiz Koreya Respublikasiga ishlash uchun yo‘l oldi.
Bu safar ortida til o‘rganish, imtihonlardan o‘tish, tayyorgarlik va sabr bor. Oldinda esa — yangi kasbiy tajriba, daromad va oila farovonligi uchun mehnat.
Joriy yil boshidan Koreya ish beruvchilaridan hamyurtlarimiz uchun 1 222 ta mehnat shartnomasi kelib tushdi. Shundan 935 nafari ish boshlagan. Shartnoma olgan boshqa nomzodlar ham belgilangan tartibda navbati bilan kuzatib borilmoqda.
Oq yo‘l, aziz hamyurtlar! Mehnatingiz barakali, yo‘lingiz ochiq bo‘lsin!
