Serbiya: 2027-yilda 300 nafardan ortiq yurtdoshimiz uchun ish imkoniyati rejalashtirilmoqda
2026-10-12 18:20:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi rahbari Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Serbiyaning “Sherpa d.o.o.” kompaniyasi bosh direktori Damir Lunić bilan onlayn muzokara o‘tkazdi.
Kompaniya 2027-yilda O‘zbekistondan 300 nafardan ortiq qurilish va unga turdosh kasb vakillarini ishga jalb qilishga tayyorligini bildirdi. Uning hamkorlari orasida “EXPO 2027” loyihalarida ishtirok etayotgan pudrat tashkilotlari ham bor.
Tomonlar talabi yuqori bo‘lgan kasblar va mehnat shartlarini aniqlash, nomzodlarni maqsadli saralash hamda kasbiy tayyorlashga kelishdilar.
Yakuniy tanlovlarni Serbiya kompaniyasi vakillari ishtirokida O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirilgan.
Aniq vakansiyalar bo‘yicha rasmiy talabnoma olinib, hamkorlik hujjati imzolangach, loyiha amaliy bosqichga o‘tkaziladi.


