KOREYANING SPAS BAZASIDAGI FUQAROLAR DIQQATIGA!
2026-10-08 21:25:00 / E’lonlar

📢Koreya Respublikasida SPAS bazasiga kiritilgan nomzodlar uchun ish beruvchilar tanlovi quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
🔹 19–23-oktabr — ishlab chiqarish va tog‘-konchilik;
🔹 26–30-oktabr — xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar.
❗️MUHIM YANGILIK!
Bu galgi tanlovda xizmat ko‘rsatish sohasiga ish beruvchilardan kutilganidan ko‘proq talabnomalar kelib tushgan.
Shu sababli HRD Korea tomonidan SPAS bazasida ishlab chiqarish sohasida ro‘yxatda turgan, bazadagi amal qilish muddati yakunlanayotgan va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tish imkoniyatiga ega nomzodlar ro‘yxati HRD Korea tomonidan Migratsiya agentligiga taqdim etildi.
Ro‘yxatda bormisiz?
Agar ism-familiyangiz ro‘yxatda bo‘lsa va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tishni istasangiz, 18-oktabrga qadar Migratsiya agentligining yashash hududingizdagi filialiga murojaat qiling.
📍Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallari manzillari👈
👉 Ro‘yxatni tekshirish 👈
⚠️ Eslatma: Sohani o‘zgartirish istagini bildirgan nomzodlarning ma’lumotlari Koreya tomoniga taqdim etiladi. Bu ish beruvchi tomonidan tanlanish yoki Koreyada ishga joylashishni kafolatlamaydi. Yakuniy tanlov Koreya tomonining vakolatli tashkilotlari va ish beruvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
⏰Murojaatlar 2026-yil 18-oktabrga qadar qabul qilinadi!
📞Ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam - 243)
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
