SLOVENIYA ISH BERUVCHILARI O‘ZBEKISTONGA KELMOQDA!
2026-10-11 09:25:00 / E’lonlar

🔥3 TA HUDUDDA — BEVOSITA UCHRASHUV, VORKSHOP VA ISHGA TANLOV!
Sloveniyada o‘z kasbingiz bo‘yicha rasmiy ishlash va yuqori daromad olishni istaysizmi?
12–14-oktabr kunlari Sloveniyadan kelgan ish beruvchilar Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida nomzodlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar, vorkshoplar va ishga tanlovlar o‘tkazadi.
💼 QAYSI KASBLAR BO‘YICHA ISH O‘RINLARI BOR?
🚛 Og‘ir yuk avtomobili va xalqaro yuk tashish haydovchilari;
🚌 Yo‘lovchi tashish haydovchilari;
🔧 Yuk avtomobillari mexaniklari;
🏗 Qurilish ishchilari va ustalari;
🚜 Og‘ir texnika operatorlari;
⚙️ Ishlab chiqarish uskunalari operatorlari;
⚡️ Elektriklar;
🌲 O‘rmon xo‘jaligi xodimlari;
👩⚕️ Parvarishlash xodimlari;
📋 Ma’muriyat va savdo mutaxassislari.
💶ISH HAQI — 1 277 € DAN 3 800 € GACHA! (bruttoda)
✅Ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar:
🔹 Viza va ishlash uchun ruxsatnoma xarajatlari;
🔹 Turar joy bilan ta’minlash;
🔹 Tibbiy sug‘urta;
🔹 Aeroportdan transfer;
🔹 Ayrim vakansiyalarda aviachipta va ovqatlanish xarajatlari.
Shartlar tanlangan vakansiya va ish beruvchiga qarab farqlanadi.
📍TANLOV SANALARI VA MANZILLARI:
🗓 12-oktabr | 09:00 — BUXORO
Buxoro shahri, Piridasgir ko‘chasi, 13-uy, Kasbiy ko‘nikmalar markazi.
Xaritada ko‘rish
🗓 13-oktabr | 10:00 — SAMARQAND
Samarqand shahri, Narpay ko‘chasi, 7B-uy, Kasbiy ko‘nikmalar monomarkazi.
Xaritada ko‘rish
🗓 15-14-oktabr | 9:00 — TOSHKENT
Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Ko‘kcha darvozasi ko‘chasi, 485-uy, INTIL o‘quv markazi.
Xaritada ko‘rish
Boshqa hududlarda yashovchi fuqarolar ham o‘zlariga eng yaqin manzilda tashkil etiladigan tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlarga asosiy talablar: tegishli kasbiy malaka va ish tajribasi, ayrim yo‘nalishlarda ingliz tili hamda maxsus sertifikatlar, xorijga chiqish pasporti.
🚀Xalqaro mehnat bozorida o‘z kasbingizga munosib imkoniyatni tanlang!
Izoh: ish haqi miqdori va soliq ushlanmalari vakansiyaga qarab farqlanadi.
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
