BUGUN O‘ZBEKISTONDA TAJRIBA, ERTAGA KOREYADA KARYERA!
2026-10-09 20:30:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi direktori Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Koreyaning BOMI Engineering & Construction kompaniyasi raisi Kim Deok Yeong bilan uchrashdi.
Asosiy maqsad — O‘zbekistonda xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash va ular uchun ikki davlat mehnat bozoriga yo‘l ochish.
Bu qanday ishlaydi?
1. TAYYORGARLIK — O‘ZBEKISTONDA. Koreya standartlari asosida kasb, til va mehnat xavfsizligiga o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish.
2. AMALIYOT — XALQARO LOYIHALARDA. Tayyorlangan mutaxassislar BOMI kompaniyasining O‘zbekistondagi qurilish obyektlarida ishlab, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro ish standartlarini amalda o‘zlashtirishi mumkin.
3. KEYINGI BOSQICH — KOREYA MEHNAT BOZORI. O‘zbekistonda kasbiy tajriba to‘plagan, yuqori malakaga ega mutaxassislar uchun keyinchalik Koreyada ishlash imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilmoqda.
Hamkorlikning dastlabki amaliy yo‘nalishlaridan biri — Urganch xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, mazkur loyiha uchun 1 500 nafarga yaqin xodim talab etiladi. Shu maqsadda Urganchda o‘quv-ishlab chiqarish maydonchasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.


