Rasmiy munosabat!
2026-10-07 21:55:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Yurist Saidalı Muxtoraliyevning e’tiroziga izoh
Bugun Migratsiya agentligi rahbari Muhsinxo‘ja Abdurahmonov sobiq xodimlar bilan ularning murojaatlarini tinglash hamda mavjud nizoni kelishuv yo‘li bilan hal etish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida uchrashdi.
Uchrashuv Agentlik rahbariyati va sobiq xodimlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘rnatish uchun tashkil etilgan bo‘lib, Agentlik tomonidan yuristga xodimlarni to‘plash bo‘yicha murojaat qilinmagan.
Mazkur uchrashuv sud majlisi yoki protsessual harakat hisoblanmaydi. Saidali Muxtoraliyevning suhbatda ishtirok etmagani uning kasbiy faoliyatiga nisbatan hurmatsizlikni anglatmaydi.
Suhbat davomida Agentlikdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tashkilotning moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda, nizoni o‘zaro kelishuv asosida yakunlash yuzasidan taklif bildirildi.
Migratsiya agentligi sobiq xodimlarning murojaatlariga hurmat bilan yondashadi hamda masalani qonunchilik doirasida, taraflar manfaatlarini inobatga olgan holda hal etishga ochiq.
