Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi
2026-10-01 10:00:00 / Bayramlar
U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

Bugun O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Bolalarni har kuni maktab ostonasida qarshi olib, ularga tafakkur qilishni, o‘ziga ishonishni, o‘zgalarni hurmat qilishni hamda Vatanni sevishni o‘rgatadigan insonlarga chin qalbimdan minnatdorlik bildirmoqchiman.
O‘zbekistonda ustozlarga doimo alohida ehtirom ko‘rsatilgan. Ushbu qadriyatni asrab-avaylashimizni va keyingi avlodlarga ham singdirishimizni judayam xohlayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Ustozlar. Shogirdlaringizga nimaiki yaxshilik qilgan va qilayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yuz barobar qaytsin.
Manba: @SShMirziyoyeva
