⚠️ XORIJDA ISH TAKLIF QILISHDIMI? AVVAL TEKSHIRING!
2026-09-28 13:00:00 / Yangiliklar
«Viza qilib beramiz», «joylar cheklangan», «hozir pul o‘tkazing»...

❗️Chiroyli va’da — qonuniy ish taklifi degani emas.
Xorijda ishlash uchun pul to‘lashdan yoki shartnoma imzolashdan oldin bitta muhim savolni bering:
Bu tashkilotning litsenziyasi bormi?
🔎Tekshirish oson: posterdagi QR-kodni skaner qiling va litsenziyaga ega Xususiy bandlik agentliklari ➡️reyestridan tashkilot nomini qidiring.
Agar ➡️ro‘yxatda bo‘lmasa — pul to‘lashga shoshilmang!
Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bilan Migratsiya agentligi hamda litsenziyaga ega Xususiy bandlik agentliklari shug‘ullanishi mumkin.
❗️Bir daqiqalik tekshiruv — pulingiz va rejalaringizni asrab qoladi.
