XORIJGA ISHLASHGA KETYAPSIZ. TILNI BILMASANGIZ-CHI?
2026-09-26 12:45:00 / Yangiliklar

«Ishlamoqchi bo‘lgan davlatingiz tilini bilmasangiz — “vayron bo‘lasiz”».
Bu fikrni “Tesla” kompaniyasida kiberxavfsizlik bo‘yicha faoliyat yuritayotgan farg‘onalik Azizbek suhbat davomida ta’kidlagan.
Uning tajribasi bitta muhim haqiqatni eslatadi:
Xorijga borishning o‘zi yetarli emas. Xalqaro mehnat bozorida o‘z qadringizni oshirish kerak.
Til bilsangiz — muloqot qilasiz.
Kasbingiz bo‘lsa — tanlovingiz ko‘payadi.
Malakangiz bo‘lsa — yuqoriroq pozitsiyalarga intilasiz.
Migratsiya agentligi esa sizga o‘z salohiyatingizga mos, qonuniy va munosib ish o‘rni topishda ishonchli hamkor bo‘ladi.
