O‘Z QADRINGIZNI OSHIRING!
2026-09-25 14:20:00 / Yangiliklar

Xorijda ishlash uchun faqat vakansiya izlash yetarlimi?
Bugun xalqaro mehnat bozorida til biladigan, aniq kasb va tasdiqlangan malakaga ega mutaxassisning imkoniyatlari ko‘proq.
📍Ayni paytda hududlarda qanday imkoniyatlar bor?
BUXORODA — nemis va ingliz tillari bo‘yicha bepul kurslar. Ta’lim onlayn va oflayn formatda.
👨🏭 NAVOIYDA — «Qizilqum» xalqaro payvandlash maktabida payvandchilik + rus tili + malaka sertifikati yo‘nalishida tayyorlov.
🎯 Bugun o‘zingizga investitsiya qiling — ertaga tanlov imkoniyatingiz ko‘proq bo‘ladi.
