Ish imkoniyatlari maydoni
2026-09-25 10:40:00 / Yangiliklar

Samarqandda xorijda ishlash istagidagi yurtdoshlarimiz uchun xalqaro mehnat bozoridagi vakansiyalar taqdimoti va workshop o‘tkazildi.
Unda 8 ta litsenziyaga ega xususiy bandlik agentligi Bolgariya, Latviya, Litva, Estoniya, Chexiya, Isroil, Germaniya, Janubiy Koreya, Slovakiya, BAA va Xorvatiyadagi 6 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rnini taqdim etdi.
🏗 Qurilish
🏭 Ishlab chiqarish
🤝 Xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlar
Tadbirda 800 nafardan ziyod nomzod ishtirok etdi. Xorijda ishlash istagidagi 642 nafar fuqaroning ma’lumotlari qiziqish bildirgan vakansiyalar bo‘yicha ro‘yxatga olindi.
Shuningdek, ishtirokchilar xorijda qonuniy va xavfsiz ishlash, ishga joylashish tartiblari hamda mavjud imkoniyatlar bo‘yicha bevosita ma’lumot va maslahat oldi.
📍 Bu kabi workshoplar barcha hududlarda o‘tkaziladi.
Xalqaro mehnat bozoridagi yangi vakansiyalar bilan tanishish va hududingizdagi navbatdagi tadbirni o‘tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring — sana va manzillarni oldindan e’lon qilib boramiz.





