ROSSIYA FEDERATSIYASI: 10 TA HUDUDDA XORIJIY XODIMLAR ULUSHINI QISQARTIRISH TAKLIF ETILDI
2026-09-24 11:00:00 / Yangiliklar

Rossiya Mehnat vazirligi 10 ta hududda ayrim sohalar uchun xorijiy xodimlarni jalb qilish bo‘yicha ruxsat etilgan ulushni kamaytirishni taklif qildi.
Sabab nima?
Takliflar hududlardagi ishchi kuchiga ehtiyoj, mehnat bozori va migratsiya vaziyati hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Maqsad — xorijiy ishchi kuchini jalb qilishni hududlar ehtiyojiga muvofiq tartibga solish.
Jumladan, Tataristonda taksi, qo‘riqlash va ayrim boshqa sohalarda, Kaluga viloyatida kuryerlik va ayrim ijara xizmatlarida, Mordoviyada esa taksi, yo‘lovchi va yuk tashish sohalarida xorijiy xodimlar ulushini 0 foizga tushirish taklif qilinmoqda.
Bu nimani anglatadi?
Agar loyiha qabul qilinsa, belgilangan cheklov har bir ish beruvchiga alohida tatbiq etiladi — korxona xorijiy xodimlarni belgilangan maksimal ulushdan ortiq jalb qila olmaydi.
❗️ Bu hali yakuniy qaror emas — hujjat loyiha bosqichida.
