Til o‘rgatilyapti, kasbga tayyorlanyapti. Ammo buning o‘zi yetarlimi?
2026-09-23 13:00:00 / Yangiliklar

Xorijda ishlash istagidagi nomzodlar hududlarda qanday tayyorlanyapti? Sharoit va dasturlar xorijiy ish beruvchilar talablariga qanchalik mos? Tizimning quyi bo‘g‘inida qanday muammolar bor?
Migratsiya agentligi direktori Muhsinxo‘ja Abdurahmonovning Andijon viloyatidagi o‘rganishlari shu savollarga qaratildi.
📍Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazida o‘quv va yashash sharoitlari, amaliy tayyorgarlik imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. “Kara” o‘quv poligoni loyihasi taqdimoti bilan tanishildi.
REIWA loyihasida Yaponiyada, 🇩🇪 Berlin Zentrum va Globogate dasturlarida Germaniyada ishlash uchun tayyorlanayotgan nomzodlar, jumladan tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilindi.
📍O‘rganishlar viloyat markazi bilan cheklanmaydi. Ulug‘nor tumanida hokimlik vakillari bilan xorijda ishlash istagidagi hamyurtlarimiz uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Tizim natijasi fuqaro bilan ishlaydigan eng quyi bo‘g‘inda ko‘rinadi.
❓Nomzodni shunchaki xorijga ishga jo‘natish emas, balki til, kasb va zarur bilimga ega raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlash uchun yana nimani o‘zgartirish kerak?
Fikringizni Instagram sahifamizda yozib qoldiring.
Videoni ko‘rish uchun havola ustiga bosing!





