JANUBIY KOREYADA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ UCHUN OCHIQ MULOQOT
2026-09-11 18:00:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi rahbari Muxsinxo‘ja Abdurahmonov Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
Uchrashuv davomida yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan Migratsiya agentligi rahbariga bevosita murojaat qilishlari mumkin.
Asosiy mavzular:
— mehnat faoliyati va ish vizalari;
— ish qidirish va qonuniy bandlik;
— ish beruvchi bilan bog‘liq masalalar;
— mehnat huquqlarini himoya qilish;
— O‘zbekistonga qaytish va qayta ishga joylashish;
— davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam;
— migratsiyaga oid boshqa masalalar.
📆 Sana: 13-sentabr, 2026-yil
🕙 Vaqt: 10:00–14:00
📍 Manzil: Seul shahri HANPASS kompaniyasi binosi
B2, S Tower, 92 Achasan-ro, Seongdong-gu, Seoul
서울특별시 성동구 아차산로 92, 에스타워 B2층
📍Lokatsiya
Barcha yurtdoshlarimizni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
📢 Yaqinlaringizga ham ulashing!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
