MASOFA TO‘SIQ EMAS: XORIJDAGI XOTIN-QIZLARIMIZ MUROJAATLARI O‘RGANILDI
2026-09-10 14:45:00 / Yangiliklar
Migratsiya agentligi va Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ullari ishtirokida xorijdagi xotin-qizlarimiz bilan onlayn qabul o‘tkazildi.
Muloqotda 300 nafarga yaqin ayollar ishtirok etib, hujjatlarni rasmiylashtirish, Vatanga qaytish, farzandlar ta’limi, bandlik, tadbirkorlik, huquqiy va ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatlar bo‘yicha amaliy choralar ham belgilandi. Xususan, Aktau shahrida bo‘lib turgan, Vatanga qaytish istagini bildirgan 5 nafar ayol va ularning farzandlari uchun aviachiptalar xarid qilindi. Ular 12-sentabr kuni O‘zbekistonga qaytib keladi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan boshqa murojaatlar ham nazoratga olindi.
