TIL VA KASBIY TAYYORGARLIKDAN — YAPONIYADAGI ISH O‘RINLARIGA
2026-09-10 11:30:00 / Yangiliklar
Migratsiya agentligi tomonidan yana bir guruh yurtdoshlarimiz Yaponiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketdi.
Ular 5 oy ichida yapon tilidan N4 darajasini egalladi.
Yurtdoshlarimiz Yaponiyada havoza o‘rnatuvchi va qolipchi yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.
💴 Oylik sof daromad — o‘rtacha 150–160 ming iyena
Egallangan til va kasbiy ko‘nikmalar — xalqaro mehnat bozorida munosib ish o‘rniga erishishning muhim omilidir.
