Germaniya go‘sht sanoatida — o‘zbekistonliklar
2026-09-03 16:05:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi va “Best Will” Xususiy bandlik agentligi tomonidan yana 22 nafar hamyurtimiz go‘shtni qayta ishlash yo‘nalishida Germaniyaga ishga joylashtirildi.
📊 Loyiha doirasida bugungi kunda Migratsiya agentligi tomonidan:
📚 100 nafar nomzod nemis tili kurslariga jalb qilingan;
👥 150 nafardan ortiq hamyurtimiz Germaniyaga ishga joylashtirilgan va 11 nafar nomzodning vizalari rasmiylashtirilmoqda.
📈 Germaniya bilan kelgusi 5 yil davomida yuk tashuvchi transport haydovchilari, omborxona xodimlari, go‘sht mahsulotlari sotuvchilari va elektriklar yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy kvotani 6 000 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Siz ham Germaniya mehnat bozorida o‘z o‘rningizni topishni istasangiz nemis tilini o‘rganing!
