Rossiya Federatsiyasida yurtdoshlarimiz huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi
2026-09-02 09:00:00 / Yangiliklar

Muzokaralarda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov ishtirok etdi. Rossiya tomonidan Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Tashqi ishlar vazirligi vakillari qatnashdi.
Uchrashuvda fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jumladan:
— fuqarolarimiz bilan bog‘liq huquqiy masalalar yuzaga kelganda tezkor axborot almashish;
— tekshiruvlar jarayonida ularning qonuniy huquqlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash va murakkab huquqiy vaziyatga tushgan fuqarolarga ko‘maklashish;
— nazorat qilinuvchi shaxslar reyestri bilan bog‘liq masalalar;
— Rossiyaga uyushgan tartibda ishga joylashtirish va ketishdan oldin kasbiy tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish muhokama qilindi.
🤝 Tomonlar fuqarolarimiz huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tezkor hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi.
Manba: UPL.UZ
