«Vatan sadosi»: ijodiy ishlar tayyor, endi so‘z — hakamlarda!
2026-08-14 14:35:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi tomonidan e’lon qilingan «Vatan sadosi» ko‘rik-tanlovi doirasida ishtirokchilardan ijodiy ishlarni qabul qilish jarayoni yakunlandi.
🎬Vatanga muhabbat, sog‘inch va milliy qadriyatlar aks etgan ijodiy ishlardan ayrim lavhalarni ushbu videoda jamladik.
Barcha ishtirokchilarning ishlari g‘oliblarni aniqlash uchun Madaniyat vazirligining maxsus komissiyasiga taqdim etildi.
🏆Komissiyaning yakuniy xulosasiga ko‘ra, g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.
Kimlar g‘olib bo‘ladi? Kuzatishda davom eting!
