6-sentabrga qadar respublika bo'ylab "Dolzarb 40 kun" tadbirlari o‘tkazilmoqda
2026-08-03 18:30:00 / Ekofaol xodim

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 28-iyulidan 6-sentyabriga qadar respublika bo'ylab "Dolzarb 40 kun" tadbirlari doirasida obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi hududlarda sanitariya-tozalash ishlarini yanada kuchaytirish, chiqindilarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishdan iborat.
