570 MING DOLLAR — YURTDOSHLARIMIZ FOYDASIGA UNDIRIB BERILDI
2026-08-14 09:10:00 / Yangiliklar

2026-yilning o‘tgan 7 oyi davomida Migratsiya agentligi tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning oylik ish haqi, hujjatlar va ish masalasida yuzaga kelgan minglab muammolariga aniq yechimlar berildi.
💼 Oylik ish haqlari va kompensatsiyalar bo‘yicha:
— 622 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilib,
— jami 570 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar xorijiy ish beruvchilardan yurtdoshlarimiz foydasiga undirib berildi.
Davlatlar kesimida:
Rossiya Federatsiyasida — 375 ta holat;
Turkiyada — 129 ta holat;
Koreyada — 85 ta holat;
Boshqa davlatlarda — 33 ta holat.
Shuningdek, 383 nafar yurtdoshimizning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari vositachilar va xorijiy ish beruvchilardan qaytarib olindi.
Davlatlar kesimida:
Rossiya Federatsiyasida — 182 ta holat;
Turkiyada — 185 ta holat;
Qozog‘istonda — 11 ta holat;
Koreyada — 5 ta holat.
