📣 Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
2026-08-04 14:10:00 / E’lonlar

⚠️ Qator davlatlarda xorijiy ishchilarni qurolli harakatlarda ishtirok etishga yollash holatlari ko‘paymoqda. Bu sizning hayotingizga, erkinligingizga va kelajagingizga xavf soladi.
🚫 Qat’iy ravishda taqiqlanadi:
▪️qurolli mojaro va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga yaqinlashish;
▪️harbiy operatsiyalarda ishtirok etish;
▪️xorijiy davlatlarning qurolli kuchlari, xavfsizlik xizmatlari, harbiy adliyasi yoki boshqa kuch tuzilmalari safiga qo‘shilish;
▪️shubhali shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan yollash yoki jalb qilish (verbovka) takliflariga rozilik berish.
📌 Muhim ma’lumot:
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154¹-moddasiga muvofiq, xorijiy davlatlarda yollanma asosda harbiy xizmat o‘tash 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
🛡 Xavf tug‘ilganda nima qilish kerak?
Shubhali taklif yoki vaziyatlar yuzaga kelganda, darhol O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va коnsullik muassasalari yoki Migratsiya agentlikning vakolatxonalariga murojaat qiling.
Hayotingiz va erkinligingizni asrang. Faqat qonun doirasida harakat qiling!
📲 Yaqinlaringizga ulashing!
📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
