🚨 Diqqat!
2026-08-04 16:10:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev nomi va suratidan foydalanilgan holda Telegram messenjerida soxta akkauntlar orqali turli xabarlar yuborilmoqda.
❗️Ma'lum qilamizki, Migratsiya agentligi rahbari xodimlar, fuqarolar yoki boshqa shaxslar bilan xizmat masalalari yuzasidan Telegram messenjeri orqali muloqot qilmaydi hamda bunday tarzda topshiriq yoki ko‘rsatmalar bermaydi.
📢 Hushyor bo‘ling! Soxta akkauntlar orqali tarqatilayotgan xabarlarga aldanmang.


