Skill Test: Koreyada ishlash sari muhim bosqich
2026-07-28 20:10:00 / Yangiliklar

Janubiy Koreyaning EPS dasturi doirasida joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan EPS-TOPIK nazariy imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 1 878 nafar nomzod uchun bugundan Skill Test (malaka imtihoni) boshlandi.
Mazkur bosqichda nomzodlarning kasbiy ko‘nikmalari, amaliy mahorati va ishga tayyorlik darajasi baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, Skill Test’dan muvaffaqiyatli o‘tishning o‘zi Koreya Respublikasida ishga joylashishni kafolatlamaydi. Nomzodlar natijalariga ko‘ra Koreyaning SPAS elektron ish izlovchilar bazasiga kiritiladi va ikki yil davomida koreyalik ish beruvchilar tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.





