Xorijda ishlayotgan va ishlagan fuqarolar uchun onlayn soʻrovnoma
2026-07-24 12:30:00 / E’lonlar

🌍 Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkiloti (IOM) "Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi" doirasida Oʻzbekiston fuqarolari oʻrtasida onlayn soʻrovnoma oʻtkazmoqda.
📊 Sizning fikringiz muhim! Javoblaringiz xorijda ishlashga tayyorlanayotganlar ehtiyojlarini chuqurroq oʻrganish, ularga taqdim etilayotgan axborot va imkoniyatlarni yanada takomillashtirish hamda amaliy yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
📝 Soʻrovnoma quyidagi mavzularni qamrab oladi:
• safaroldi tayyorgarlik;
• ish qidirish jarayoni;
• axborot manbalaridan foydalanish;
• mehnat shartnomalari;
• moliyaviy savodxonlik.
❓ Ishtirok etish uchun havola👇
🔗 https://forms.gle/LFJi2MDdBiw1pteV8
🔒 Barcha javoblar toʻliq anonim saqlanadi va faqat umumlashtirilgan tahlil maqsadlarida foydalaniladi.
🤝10 daqiqa vaqtingizni ayamang! Sizning ishtirokingiz kelgusida xorijda ishlashni rejalashtirayotganlar uchun yanada samarali sharoit va imkoniyatlar yaratilishiga hissa qoʻshadi.
📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
