Oilangiz bilan Belarusda yashab, rasmiy ishlash imkoniyati!
2026-07-24 10:50:00 / E’lonlar

📢 O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlar o‘zining amaliy natijasini bermoqda.
🤝 Belarusning yirik korxona va tashkilotlari tomonidan yurtdoshlarimiz uchun yuzlab bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
👨👩👧 Ushbu loyiha doirasida nafaqat ishlash, balki oila a'zolaringiz bilan Belarusda yashash imkoniyati ham mavjud.
💵 Ish haqi kasbiy malaka va tajribaga qarab 700 AQSH dollaridan boshlanadi hamda yuqori malakaga ega mutaxassislar uchun yanada yuqori daromad taklif etiladi.
Yo‘nalishlar:
🔹 Qurilish
🔹 Qishloq xo‘jaligi
🔹 Traktor haydovchisi
🔹 Yuk avtomobili haydovchisi
🔹 O‘rmon xo‘jaligi
🔹 Chorvachilik
🔹 Ekskavator boshqaruvchisi
🔹 Veterinariya
🔹 Payvandlash
🔹 Metallni qayta ishlash
Nomzodlarga talablar:
✅ 18–50 yosh
✅ Haydovchilik va maxsus texnikalar bo‘yicha vakansiyalar uchun tegishli guvohnoma yoki malaka hujjati
❌ Rossiya Federatsiyasiga kirish taqiqi bor fuqarolar mazkur dasturda ishtirok eta olmaydi.
Ish beruvchi tomonidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
✈️ Belarusga aviachipta yoki yo‘l xarajatlari;
🏠 Bepul yotoq joy;
📄 Hujjatlarni rasmiylashtirish.
⚠️ Muhim!
Belarusga mustaqil ravishda borgan fuqarolar munosib ish topishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin.
Shu sababli tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashish sizga ishonchli ish beruvchi, rasmiy mehnat shartnomasi hamda davlat nazoratidagi xavfsiz mehnat faoliyatini kafolatlaydi.
📞 1282 qisqa raqami orqali batafsil ma'lumot oling.
📝 Ishlash istagida bo‘lganlar quyidagi havola so'zini ustiga bosib ariza qoldirishlari mumkin👇
🔗 HAVOLA
📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
