“VISIO PRIMUS BANDLIK AGENTLIGI” MChJning faoliyati tugatildi!
2026-07-24 10:30:00 / Yangiliklar

“VISIO PRIMUS BANDLIK AGENTLIGI”ga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2026-yil 6-fevralda berilgan 1361054-sonli litsenziya mazkur xususiy bandlik agentligining 2026-yil 23-iyuldagi 3036143-sonli arizasi asosida tugatildi.
❗️“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, mazkur MChJga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.
Hurmatli fuqarolar!
Agar “VISIO PRIMUS BANDLIK AGENTLIGI” bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlaringiz bo‘lsa, ularni joriy yilning 24-avgustiga qadar Migratsiya agentligiga taqdim etishingizni so‘raymiz.
☎️ Murojaat uchun: +998 71 202 33 55 (qisqa raqamlar: 171, 711)
