⚠️ FUQAROLAR DIQQATIGA!
2026-07-16 15:55:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Telegram messenjerida «XORIJDA ISH (rasmiy)», «MIGRANT-UZ», «Chet-Elda Ishlar Rasmiy kanal» va shunga o‘xshash nomlar bilan faoliyat yuritayotgan norasmiy kanallar vakolatli axborot manbasi hisoblanmaydi va hech qanday kuchga ega emas.
Mazkur kanallarda e’lon qilinayotgan xorijdagi ish o‘rinlari Migratsiya agentligi tomonidan tasdiqlanmagan. Ular bo‘yicha ariza qoldirishdan oldin ma’lumotning ishonchliligini albatta tekshiring hamda xabarlarga tanqidiy yondashing.
Migratsiya agentligining Telegram kanallari faqat:
🔹 Migratsiya agentligi
🔹 Xorijda ish
🔹 Hududiy filiallar kanallari


