RASMIY MUNOSABAT
2026-07-15 10:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Ijtimoiy tarmoqlarda Serbiya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan e’lon qilingan videomurojaat Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olindi.
Hozirda murojaatda keltirilgan holatlar hamda fuqarolarni xorijga ishga yuborish bo‘yicha noqonuniy faoliyat olib borgan tashkilot yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish va tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Natijalariga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
Shu munosabat bilan fuqarolardan xorijga ishga ketishda litsenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlar bilan shartnoma tuzmaslikni, mehnat shartnomasi shartlariga rioya qilishni hamda boshqa davlatlarga noqonuniy yo‘llar bilan o‘tishga urinish oqibatida noqonuniy migratsiya ishtirokchisiga aylanib qolmaslikni so‘raymiz.
Migratsiya agentligi xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga faqat Agentlik yoki Xususiy bandlik agentligi litsenziyasiga ega tashkilotlar orqali ishga joylashishni tavsiya etadi.
