“ORZU BRIDGE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MChJning faoliyati tugatildi!
2026-07-09 18:20:00 / Yangiliklar

“ORZU BRIDGE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI”ga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2026-yil 8-yanvarda berilgan 1302693-sonli litsenziya ushbu xususiy bandlik agentligining 2026-yil 8-iyuldagi 2951395-sonli arizasi asosida tugatildi.
❗️“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, MChJga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.
Hurmatli fuqarolar!
Agar “ORZU BRIDGE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlaringiz bo‘lsa, ularni joriy yil 10-avgustga qadar Migratsiya agentligiga taqdim etishingizni so‘raymiz.
☎️ Murojaat uchun: 71 202 33 55 (qisqa raqam: 171, 711)
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
