Ta'limdan ishgacha: Germaniya va Yaponiya dasturlari ishtirokchilari bilan uchrashuv
2026-07-09 16:25:00 / Yangiliklar

🤝 Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev Yaponiyada logistika hamda Germaniyada tibbiyot sohasida mehnat faoliyatini boshlash uchun til va kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📚 Unda yoshlar tomonidan dam olish kunlari ham o‘quv xonalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi. Mazkur tashabbus qo‘llab-quvvatlanib, masala ijobiy hal etildi.
Germaniyaning Globogate dasturi natijalari:
▪️1287 nafar nomzod dasturga jalb qilingan;
▪️737 nafar B2 darajadagi xalqaro nemis tili sertifikatini olgan;
▪️540 nafar Germaniya klinikalarida ish boshlagan;
▪️232 nafarning viza rasmiylashtirish jarayoni davom etmoqda;
▪️550 nafar til kurslarida tahsil olmoqda.
👉 Ishtirok etish uchun havola
Yaponiyaning Willer Express dasturi:
▪️Dasturda 50 nafar nomzod ishtirok etmoqda;
▪️Ular yapon tili va kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha ta'lim olmoqda;
▪️8 oylik o‘quv kurslari yakunlangach, ishtirokchilar Yaponiyadagi yuqori maoshli ish o‘rinlariga joylashtiriladi.


